
UEFA evrokuboklarni 3 haftada yakunlashi mumkin
UEFA hamon Evrokuboklarning joriy mavsumini qanday yakunlash haqida bosh qotirmoqda.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, UEFAda Chempionlar ligasi va Evropa ligasi o‘yinlarini avgust oyida 3 hafta ichida yakunlash varianti ham bor. Bungacha esa milliy chempionat o‘yinlari yakunlanib ulguradi.
Bundan tashqari, avgust oyida Evrokuboklarda ishtirok etgan jamoalar o‘z milliy chempionatlari startini o‘tkazib yuborish huquqi beriladi.
Fikrlar