
Uch nafar yulduz Saudiyani tark etadigan bo‘lyapti
O‘tgan yoz Evropaning o‘nlab futbolchilari Saudiya Arabistoni professional ligasiga yo‘l olgan edi.
Biroq ularning hammasi ham Krishtianu Ronaldu darajasida o‘z jamoasiga foyda keltira olmayapti. Qolaversa, Evropa hayotiga ko‘nikib qolgan o‘yinchilarga arab turmush tarzini singdirish, ob-havoga moslashish qiyinchilik tug‘diryapti.
Fichajes.net saytining ma’lum qilishicha, uch nafar yulduz – “Al-Ahli” hujumchisi Roberto Firmino, “Al-Ittifoq” yarim himoyachisi Jordan Xenderson va “Al-Ittihod” to‘purari Karim Benzema saudiyaliklar taqdim etayotgan sharoitdan norozi.
Ularga havo haroratining issiqligi, namlikning yuqoriligi kabi tabiiy sharoitlardan tashqari, maydonning sifati bilan bog‘liq muammolar, stadionga kelayotgan tomoshabinlar sonining kamligi ham yoqmayapti.
Har uchala futbolchining shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq ular imkon bo‘lishiga Evropa klublariga qaytish payiga tushgan.
Fikrlar