
Uch karra jahon chempioni bo‘lgan velosportchi o‘z joniga qasd qildi
AQShda velosport bo‘yicha trekda uch karra jahon chempioni Kelli Ketlin o‘z joinga qasd qildi. Buk sportchining yoshi 23 da edi, deya xabar beradi VeloNews nashri.
Qizning otasi Mark Ketlin so‘zlariga ko‘ra, sportchining jasadi uning Kaliforniya shtatidagi uyidan topilgan. O‘limiga nima sabab bo‘lganligi hozircha oshkor qilinmagan.
Bundan tashqari bu sportchining o‘limini AQSh velosport federatsiyasi vakili Bob Demartini ham tasdiqlaga: “Uning do‘stlari va yaqin yalari uchun hozir og‘ir. Biz ularning shaxsiy hyotiga aralashmagan holda hurmat qilib qolamiz”, – deydi u.
Kelli Ketlin 2016, 2017 va 2018 yillardagi jahon chempionatida ayollar o‘rtasidagi jamoaviy poygalarda oltin medallarni qo‘lga kiritgan. 2016 yili Rio-de-Janeyrolagi Olimpiadada AQSh terma jamoasi safida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar