
U yangi mavsumni APLda boshlashi mumkin!
Saudiyaliklar tomonidan sotib olingan “Nyukasl” mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ulkan ishlarni olib bormoqda.
Jumladan, “qarg‘alar”ning bu boradagi asosiy e’tibori “Roma” sardori Lorentso Pellegriniga qaratilgan. APL klubi 25 yoshli italiyalik yarim himoyachi borasida “Roma”ga yuborgan dastlabki taklifi rad etilganiga qaramay, bu boradagi ishni to‘xtatmoqchi emas.
Ispaniyaning fichajes.net nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Nyukasl” tez orada Pellegrini masalasida Rim klubiga navbatdagi taklifini yuboradi.
Ma’lumot uchun, Lorentso Pellegrini o‘tgan mavsum “Roma” safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.
Fikrlar