
U Xolanddan qo‘rqib, jamoadan ketib qoldi!
“Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezusning “Arsenal”ga o‘tishga qaror qilganiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi.
Sky Sports nashri eksperti Tim Vikerining ta’kidlashicha, 25 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasidagi o‘rnini saqlab qolish maqsadida “kanonirlar” safiga qo‘shilishni ma’qul ko‘rgan.
- Jezus juda yaxshi futbolchi. U jahon chempionatida o‘ynash uchun jamoasini o‘zgartirdi. Hujumchining terma jamoadagi ishlari yurishmay qolgandi. Yaqinda u Janubiy Koreya darvozasini ishg‘ol qildi. Bu uning so‘nggi uch yildagi birinchi goli bo‘ldi.
“Siti” rahbariyati uning pozitsiyasiga Erling Xolandni olgani hujumchini xavotirga solib qo‘ydi. Gabriel muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tishga majbur edi, - dedi Tim Vikeri.
Fikrlar