
U "Lester"ni "Tottenxem"ga almashtirmaydi
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojersni "Tottenxem"ning taklifi qiziqtirmaydi. Sky Sports xabariga ko‘ra, shimoliy irlandiyalik mutaxassis bor e’tiborini “Lester”dagi faoliyatiga qaratgan va London klubi bilan muzokara olib bormoqchi emas.
Xabaringiz bor, matbuotda "Tottenxem" Rojersni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Oldinroq London klubi Joze Mourinoni istefoga chiqargandi.
"Lester" Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Tulkilar” mavsumni Chempionlar ligasi zonasida yakunlanish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Premer-liga yakunlanishiga bor yo‘g‘i beshta tur qoldi.
Rojers “Lester”ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar