
U jamoasining g‘alabasi uchun qo‘li singan holda harakat qildi, biroq...
10 dekabr kuni "El-Tumama" stadionida Jahon chempionati chorak final doirasida Marokash - Portugaliya uchrashuvida afrikaliklar sensatsion tarzda g‘alaba qozondi.
Portugaliya himoyachisi Pepe o‘yinda jarohat bilan harakat qilgan. 39 yoshli futbolchi terma jamoadagi so‘nggi o‘yinida chap qo‘l bilak suyagi singan holda maydonda o‘ynagan. "Globo" nashri xabariga ko‘ra, Doha kasalxonasida tekshiruvdan so‘ng Pepening jarohati tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Pepe terma jamoadagi faoliyatini rasman yakunladi. Futbolchi 133 o‘yinda Portugaliya libosida maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar