
"U bilan ba’zida kelishmovchiliklar yuzaga kelardi" - Benzema Mourino bilan mojaro haqida gapirdi
Madridning "Real" klubi yulduzi Karim Benzema Mourino bilan sodir bo‘lgan mojaroni esladi.
"U bilan ba’zida kelishmovchiliklar yuzaga kelardi. Bir kuni "Malorka"ga qarshi o‘yin oldidan mehmonxonada suhbatlashdik. Biz bir-birimizga ancha keskin gaplarni aytdik, janjallashdik va oxirida men: "Ertaga gol uraman va biz g‘alaba qozonamiz",-dedim.
Ertasi kuni xuddi shunday bo‘ldi. Biz mening yagona golim evaziga minimal hisobda zafar quchdik",-dedi frantsiyalik forvard.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillar oralig‘ida "qirollik klubi"ni boshqargan.
Fikrlar