
U-23 Osiyo kubogi. Qatar turnirni tark etdi
23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Qatar - Yaponiya uchrashuvida yaponiyaliklar 2:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, Yamada hisobni ochgan bo‘lsa, Al-Ravi imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan keyin Balideh qizil kartochka oldi va qatarliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ikkinchi taymda darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi. Asosiy vaqtlar 2:2 hisobi bilan tugadi, ekstra-taymlarda Yaponiya ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Qatar turnirni tark etdi. Oiva shogirdlari esa yarim finalga yo‘l oldi.
- Osiyo - OFK U23 Osiyo kubogi
- Chorak final

Qatar
- Ahmed Al Rawi 24'
- Jassem Gaber 49'
E.T.
2
:
4
25.04.2024 19:00

Yaponiya
- F. Yamada 2'
- Renta Higashi 67'
- M. Hosoya 101'
- K. Uchino 113'
Fikrlar