U-23 Osiyo chempionatining eng qimmat o‘yinchilari Top-10 ro‘yxatidan o‘zbekistonlik futbolchi o‘rin oldi (Foto)

  • 10 yanvar, 2020, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Tailandning Bangkok, Songxla va Buriram shaharlarida 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Tecno

Transfermarkt.com nashri ushbu birinchilikdagi eng qimmatbaho futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. E’tiborga molik tomoni shundaki, Top-10da O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Azizjon G‘aniev ham bor. Hamyurtimizning transfer narxi 1,1 million evroga baholanib, 7-o‘rinni egallagan.

Eng qimmat futbolchilar sifatida iordaniyalik Muso Sulaymon Al-Taamariy va Janubiya koreyalik Chong Vu Yon qayd etilgan. Ularni narxi 2 millon evro. 3-o‘rin yaponiyalik Keita Endoga tegishli. Uning transferi 1,6 million evro.

Quyida Transfermarkt.com tomonidan tuzib chiqilgan Top-10 ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin:

transfer

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!