U-20 Mundial. O‘zbekiston pley-offga chiqishi uchun qanday imkoniyatga ega? (Matematika)

  • 24 may, 2023, 14:12
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha tunda Ravshan Haydarov boshqaruvidagi yoshlar jamoamiz Yangi Zelandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganidan xabaringiz bor. 3 tur oldidan, jamoamizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Xo‘sh, bizni Gvatemala bilan baxsadagi qanday natija qanoatlantiradi? Narigi o‘yindagi hisob guruhdagi holatga ta’sir qiladimi? Keyingi raqiblarimiz kim bo‘ladi?

Tecno

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichi 2-turi doirasida o‘tkazilgan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qolib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatni saqlab qoldi. Shunga qaramay, barchasi o‘z qo‘limizda deb bo‘lmaydi.

Abbos

So‘nggi turda jamoamiz Gvatemala ustidan 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa hamda Argentina Yangi Zelandiyani mag‘lub etsa, O‘zbekiston 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi. Reglamentga ko‘ra, 6 guruhdagi eng yaxshi natija qayd etgan 4 ta uchinchi o‘rin sohiblari ham pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Agar Zelandiya so‘nggi turda mezbonlarga yutqazmasa (durang yoki g‘alaba), unda yoshlarimiz 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishlari mumkin. 3-o‘rinni egallaganlar reytingida tuzishda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi:

1) to‘plangan ochkolar;

2) to‘plar farqi;

3) urilgan gollar soni;

4) "halol o‘yin" ochkolari (sariq va qizil kartochkalar sarhisobi)

5) qur’a.

4 ochko jamg‘ara olsak, eng yaxshi uchinchi o‘rin egallari qatorida bo‘lish ehtimolimiz juda yuqori. Sababi, bizda to‘plar nisbati ham hozirgi holat uchun yaxshi. Biz uchun aslida ideal echim 3-turda Argentinaning yirikroq hisobda g‘alaba qozonishi, Gvatemalani engishimiz bilan parallel sodir bo‘lishi. Bu xolat sodir bo‘lsa, ortiqcha muammosiz 4 ochko jamg‘argan xolda ikkinchi pog‘onani zabt etish imkoniyatimiz bor. Yana bir quvonarli jihati shundaki, ayni damda Yangi Zelandiyada 4 ochko mavjud. Ular guruhda birinchi o‘rinni olish imkoniyatini saqlab turibdi. Argentina pley-offda nisbatan kuchsizroq raqiblar bilan to‘qnash kelish uchun ham Okeaniya mintaqasi vakilini mag‘lub etishga urinadi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Agar 2 o‘rini olsak, pley-offda qaysi guruhdagi jamoalardan biri bilan to‘qnash kelamiz?

Abbos2

O‘zbekiston guruhda 2-o‘rinni egallasa, "C" guruhida (Kolumbiya, Yaponiya, Senegal, Isroil) 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan nimchorak finalda to‘qnash keladi.

O‘zbekiston guruhda 3-o‘rinni egallasa, nimchorak finalda "B" (AQSh, Slovakiya, Ekvador, Fiji) yoki "C" guruhi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

Bugun Jahon chempionatida ikkinchi tur o‘yinlari davom ettiriladi. Pley-off masalasini hal etish o‘z qo‘limizda. Gvatemala ustidan qozonilgan g‘alaba bizni kamida 3 o‘rin bilan bo‘lsada turnirdagi yurishimizni davom ettirish imkoniyatimizni keskin oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдигани
24/05/2023 19:04
Юлдузчага айланган дарвазабонни алмаштириш шарт. Утказилган голларга юз фоиз у айбдор.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
24/05/2023 16:43
Факат галаба ва Аргентинанинг галабасини кутамиз
&
Alijon
24/05/2023 15:45
Darvozabon oldinga chiqib ketmasa yaxshi bo'lardi
&
nawruz.eshmurodoff2017@gmail.com
24/05/2023 14:26
Бу ёғи энди асаб бузарлик. 7 ва 17 рақамли футболчиларимиз айниқса
Dolche& Gabana
24/05/2023 19:31
Буффонни сийдик сачраган кузичок углини йукотила 4та голдаям харомини 10000000% айби бор уша искиртни косягини тугирлаб амаллаб ничья уйнади болла так что у харомини аргентинага адаштириб келила оркага йул тополмасин
SHERZOD TOJIEV
25/05/2023 11:16
san it kimsanki birovni bolasini xaromi sanga kim vakolat berdi