U-17 Osiyo kubogiga qachon qur’a tashlanishi e’lon qilindi

  • 16 yanvar, 2023, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2023-yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi vaqtlarini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, qur’a tashlash marosimi joriy yilning 30 mart kuni soat 16:00da Bangkok shahrida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ma’lumot o‘rnida, Osiyo Kubogida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Xitoy, Qatar va Laos bilan birgalikda 4-savatchadan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Osiyo Kubogi 2023 yilning 3-20 may kunlari o‘tkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!