
U-17 JCh. Saidov birinchi turda xet-trik qilgan Dumbiyaga etib oldi
Indoneziyada 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-tur uchrashuvlari boshlandi. "B" guruhidan o‘rin olgan jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazib bo‘ldi. O‘zbekiston Ispaniya bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Mali Kanadani yirik 5:1 hisobida taslim qildi.
O‘zbekiston - Ispaniya uchrashuvining 53-daqiqasida Sobirov boshlab bergan hujumni Karimoq davom ettirdi va Saidovni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Bundan unumli foydalangan hujumchimiz hisobni tenglashtiruvchi golni urdi.
Shu tariqa, Saidov turnirdagi urgan gollari sonini 3 taga etkazib olib, to‘purarlar poygasida peshqadamlar orasiga qo‘shildi.
Ayni paytda Dumbiya, Elias, Rayan, Geye, Barchimaslarning hisobida 3 tadan gol mavjud.
Fikrlar