Tuxelni qaytarmasak bo‘lmaydi

  • 21 fevral, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Kristof Galtening faoliyatidan qoniqmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, ular bu lavozimga boshqa mutaxassis qidirmoqda.

Tecno

Jurnalist Adrien Grenening xabar berishicha, parijliklar jamoani muvaffaqiyatli boshqargan Tomas Tuxelni qaytarishni o‘ylayapti.

Germaniyalik mutaxassis PSJni ikki yarim yil boshqargan. Tuxel PSJni tarixda ilk bor Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan edi. 2020 yilning dekabrida sport direktori Leonardo bilan chiqisha olmagani uchun ishdan bo‘shatilgan.

Keyin Tomas Tuxel “Chelsi”ga o‘tib, jamoasini parijliklar uchun armon bo‘lib kelayotgan Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirdi.

“Chelsi” klubi Todd Byoli qo‘liga o‘tganidan keyin u transferlar masalasida o‘zini qo‘llab-quvvatlamagan Tuxelni ishdan bo‘shatdi.

Tomas Tuxel hamont ishsiz yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!