Tuxelni Afrikada kutishmoqda

  • 21 dekabr, 2022, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”dan iste’foga chiqarilganidan buyon ishsiz yurgan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel faoliyatini terma jamoada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Gana terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida guruh bosqichidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchragach, bosh murabbiy Otto Addoni o‘z lavozimidan ozod qilgan edi. Hozirda mamlakat futbol federatsiyasi uning o‘rniga terma jamoa bosh murabbiyligi uchun nomzod qidirishni boshlab yuborgan.

Xabarlarga qaraganda, ganaliklar bu borada Tomas Tuxel nomzodini ilgari surishmoqda. Ammo hozircha tomonlar o‘rtasida mazkur masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazilgani bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!