Tuxel PSJ rahbariyatidan qaysi futbolchini sotib olishni so‘ramoqda?

  • 12 mart, 2019, 13:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsumlar oralig‘ida "Lion" himoyachisi Ferlan Mendini o‘z jamoasiga olib kelmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar rahbariyati nemis mutaxassisining iltimosini amalga oshirish uchun 23 yoshli futbolchi bilan bog‘langan va muzokaralarni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Mendi joriy mavsum “Lion” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning bahosi 30 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!