Tuxel: "har bir raqibga alohida e’tibor berish kerak"

  • 6 dekabr, 02:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh–2026 guruh bosqichi qur’asi natijalariga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

Angliya termasi "L" guruhiga tushdi. U erda Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari ham bor.

"Qiyin guruh, qiyin boshlanish. Xorvatiya va Gana – jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchilari, g‘ururli va kuchli mamlakatlar. Panama… Panama haqida hozircha ko‘p narsa bilmayman, lekin albatta musobaqa boshlanguncha uni yaxshi o‘rganib chiqamiz.

Meni jamoalarim Chempionlar ligasi formatidagi guruhlarda o‘ynagan va doimiy yondashuv shunday bo‘lgan: raqiblarga hurmat bilan qarash va guruhda g‘olib chiqishga to‘liq e’tibor berish. Bu doim qiyin tuyuladi, hozirgi guruhimiz ham shunday, lekin biz o‘zimizga ishonamiz va yaxshi tayyorlanamiz.

Hech kimni kamsitish mumkin emas. Albatta, Xorvatiya ajralib turadi — ikkinchi eng kuchli jamoa va u bizning guruhimizga tushdi. Lekin qarang, Gana talantlarga to‘la, doim ajablantirishi mumkin va jahon chempionatlari tarixida munosib o‘rniga ega. Panama ham autsayder sifatida o‘zini ko‘rsatish uchun bor kuchini ishga soladi. Hech kimni kamsitish mumkin emas — har bir jamoa to‘liq hurmatga loyiq, biz esa buni amalda ko‘rsata olamiz", - deya ta’rif berib o‘tdi Angliya terma jamoasi murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!