
Tuxel “Barsa”ni “sindirmoqchi”!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Barselona”ning uch futbolchisini transfer qilmoqchi. Klub rahbariyati moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan kataloniyaliklarga jami 130 million evro taklif qilishni rejalashtirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar”ga Frenki de Yong, Gavi vaSerjino Destning xizmatlari kerak.
O‘tgan bir yarim yil davomida londonliklar 200 million funt sarlab, o‘z safiga Kay Xaverts, Timo Verner, Hakim Ziesh, Ben Chiluell va Eduar Mendini, yozda Romelu Lukakuni xarid qilib, 200 million funt sarflagandi. Biroq, ularning aksariyati kutilgan o‘yinni namoyish qilmayapti.
Tuxelning rejasiga ko‘ra, Frenki de Yong “Atletiko”dan ijaraga olinib, o‘zini ko‘rsata olmagan Saul Niges o‘rnini egallaydi.
17 yoshli Gavi esa yaqin kelajakda maydon markazida hukmronlik qiladigan yulduzga aylanishi kerak.
Amerikalik Serjino dest himoyadagi bo‘shliqlarni yopishi uchun olib kelinadi.
Fikrlar