Tursunovning jamoasi mag‘lubiyatga uchradi, Dostonbek 7 bahsdan beri zaxirada qolmoqda

  • 3 noyabr, 2019, 17:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Ryukyu"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Tursunov bu safar ham zaxirada qoldi.

Tecno

Qayd etish joiz, 24 yoshli futbolchi so‘nggi marta 14 sentyabr kuni "Exime"ga qarshi bellashuvda maydonga tushgan edi va shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan qatorasiga 7 bellashuvning birortasida maydonga tushmadi.

39-turdan so‘ng "Renofa Yamaguchi" 47 ochko bilan turnir jadvalidagi 22 jamoa orasida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Tursunovni Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi uchrashuvlar uchun tarkibga jalb etmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!