
Turopov "Navbahor" muxlislariga minnatdorchilik bildirdi
Mavsumlar oralig‘idani tanaffus vaqtida "Neftchi"ga ko‘chib o‘tgan Diyor Turopov sobiq jamoasi bilan xayrlashdi.
"Barchasi uchun rahmat! Namangan xalqi va ashaddiy muxlislaridan juda ham minnatdorman. Stadionga yaratib berilgan atmosfera va qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun katta rahmat! Omad",-deya yozib qoldirdi u "Instagram"dagi sahifasida.
Yil yarmidan boshlab "Navbahor" sharafini himoya qilgan vinger namanganliklar libosida 15 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar