Turon yakkakurashi bo‘yicha professional jang kechasi tashkil etiladi!

CHERY AUTO

17 noyabr kuni Andijon shahrida professional turon yakkakurashi bo‘yicha jang kechasi o‘tkaziladi. Tashkilotchi Bahodir Tillaboevning ma’lum qilishicha, turnir yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun harakat qilinmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan yaxshi darajadagi sportchilar taklif etilgan.  Mazkur kechada 22 ta qarama-qarshilikni guvohiga aylanamiz. Ma’lumki, bu yakkakurash turida janglar 3 daqiqa 2 raunddan iborat bo‘ladi. Shuningdek, sportchilar kimanoda tatamida jang qilishadi. Markaziy jang 84 kg vazn toifasida o‘tkaziladi va unda hamyurtimiz Oybek Sultonov Qirg‘iziston vakili Jamshid Rayimjonovga qarshi bahs yuritadi. 
Turnir Andijon shahri, Tennis kortida tashkil etiladi. Janglar 19:00 da start oladi. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!