
"Turon" gruziyalik legionerning transferini e’lon qildi
"Turon" klubi yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashda davom etadi. Bu safar legioner futbolchi bilan kelishuvga erishildi. Klub matbuot xizmati bu borada shunday ma’lumot berdi:
"Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida jamoamiz kelib chiqishi Gruziya davlatidan bo‘lgan legioner futbolchi transferini amalga oshirdi.
Xususan, bugun mahoratli markaziy himoyachi Anri Chichinadze klubimiz bilan bir yillik rasmiy shartnomaga imzo chekdi.
Anri Chichinadze faoliyati davomida "Torpedo Kutaisi", "Saburtalo Tbilisi" va "Dila" kabi nomdor klublari safida maydonga tushgan.
Shuningdek, mahoratli Gruziya yoshlar terma jamoalarida ham bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazgan. Ortda qolgan mavsumda "Dila" jamoasi bilan Gruziya vitse-chempionligini qo‘lga kiritdi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar