Turnirda yomon ishtiroki bilan esda qolayotgan Frantsiya va Belgiya chorak final uchun kurash olib boradi

  • 1 iyul, 2024, 08:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024"ning eng qizg‘in pallalari yaqinlashmoqda. Bugun yana ikkita chorak finalchini aniqlab olamiz. Frantsiya Belgiya bilan kuch sinashsa, Portugaliya Sloveniyaga qarshi maydonga tushadi. Quyida Frantsiya - Belgiya o‘yinidan oldin jamoalarning ushbu turnirdagi ishtirokini eslab olamiz. 

Tecno

Turnir favoriti Frvantsiya kutilmaganda "D" guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoaning ahvoli u qadar zo‘r emas. Desham shogirdlari 3 ta uchrashuvda 2 ta gol urishga erishdi. Shu bilan birga, bitta g‘alaba bilan pley-offga etib kelmoqda. Bu esa muxlislarning ishonchini kamayishiga olib kelishi mumkin, lekin aynan pley-off bosqichida futbolchilarning uyg‘onish ehtimoli yo‘q emas. Agarda jamoa g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Didening tanqidchilari kamayadi.

Evro-2024: raspisanie, kalendar pley-off, kto kogda i vo skolko igraet:  Gruziya, Portugaliya, Frantsiya, Angliya, Germaniya, Italiya - Chempionat

Belgiyani ham maqta bo‘lmaydi. Tedesko shogirdlari birinchi turda Slovakiyaga mag‘lub bo‘ldi. Ikkinchi turda esa Ruminiyani taslim qilib, ancha tinchlandi. Shundan keyin Ukraina bilan durangdan keyin guruhda ikkinchi pog‘onani egallab, nimchorak finalga yo‘l oldi. Jamoaning eng katta muammosi bu hujumlarni yakunlash bo‘lib turibdi. Buning asosiy sababchisi Lukakudir. 

Belgium into last 16 as draw sends Ukraine out of Euro 2024

So‘nggi marta bu jamoalar 2021 yilda to‘qnash kelishgan va o‘shanda Frantsiya 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Dastlab, ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib olgan belgiyaliklar yakunda 3 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Belgiya oxirgi marta frantsuzlarni 2015 yili o‘rtoqlik uchrashuvida taslim qilgan. O‘sha bellashuvda 4:3 hisobi qayd etilgan. 

Taxminiy tarkiblar:

Frantsiya: Manan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Chuameni, Rabo, Grizmann, Tyuram va Mbappe. 

Belgiya: Kastels. Teate, Vertongen, Fas, Kastan, Tilemans, Onana, De Bryuyne, Doku, Karrasko va Lukaku.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!