Turkiya tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Rossiya mag‘lub bo‘ldi, Xorvatiya va Portugaliya g‘alaba qozondi

  • 31 mart, 2021, 02:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina “JCh-2022” Evropa mintaqasi saralashining 3-turidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar yakunlandi.

Tecno

Jumladan, Portugaliya terma jamoasi safarda Lyuksemburg mehmoni bo‘ldi va 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida gollarni Diogu Jota (45'), Krishtianu Ronaldu (51') va Juan Palinya (80') kiritgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona javob goliga Jerson Rodrigesh (30') mualliflik qildi.

Dastlabki ikki turni ajoyib g‘alabalar bilan o‘tkazgan Turkiya bu safar o‘z maydonida Latviyani qabul qildi va ochko yo‘qotdi.

Turklar 3:1 hisobida g‘alaba qozona turib yakunda durang natija qayd etdi. Turkiya terma jamoasi safida gollarni Kenan Karaman (3'), Xakan Chalxanoglu (33') va Burak Yilmaz (52'), Latviya safida esa Roberts Savalnieks (35'G‘, Roberts Uldrikis (58') va Davis Ikaunieks (79') kiritdi.

Xorvatiya terma jamoasi o‘z maydonida Maltani qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni mezbonlarning gollariga Ivan Perishich (62'), Luka Modrich (76') va Yosip Brekalo (90') mualliflik qildi.

Rossiya terma jamoasi 3-turda safarda Slovakiya mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Milan Shkrinyar (38') va Robert Mak (74') tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarning g‘alabasini ta’minladi. Rossiyaning yagona javob golini Mario Fernandes (71') kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!