
Turkiya Superligasi. Onana assist qilgan uchrashuvda "Trabzonspor" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Turkiya Superligasining 6-turidan o‘rin olgan "Trabzonspor" - "Gaziantep" klublari o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi.
Fatix Tekke boshchiligidagi "Trabzonspor" klubi 70-daqiqada gol urib, o‘z uyida 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, birinchi bo‘limning 39-daqiqasida Kevin Rodriges hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Uning goliga esa 70-daqiqada Pol Onuachu javob berdi. Eng qiziq tomoni shuki, ushbu golga "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni hisoblangan Andre Onana assistentlik qildi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum

Trabzonspor
- Paul Onuachu 70'
Tugadi
1
:
1
20.09.2025 22:00

Gaziantep F.K.
- Kévin Rodrigues 39'
Fikrlar