
Turkiya futbol federatsiyasi xayriya kampaniyasini boshladi
Turkiya futbol federatsiyasi zilzila qurbonlariga 20 million lira xayriya qildi.
Dushanba kuni ertalab Turkiyada 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2316 kishi halok bo‘lgan, yana 13293 kishi jarohatlangan.
“Bizning yuragimiz vayronalar ostidan olib chiqilayotgan yoki olib chiqilishini kutayotgan birodarlarimiz bilan urmoqda.
Biz xayriya kampaniyamizni boshlayapmiz va 20 million lira (taxminan 1 million evro) xayriya qilamiz. Mamlakatimiz so‘nggi paytlarda duch kelgan eng katta ofatlardan biri bo‘lgan ushbu zilzila jarohatlarini birgalikda davolaymiz, deb ishonamiz.
Biz barcha terma jamoalarimiz a’zolarini, klublarimizni va ularning rahbarlarini, barcha futbolchilarimizni, murabbiylarimizni, hakamlarimizni, muxlislarimizni xayriya aktsiyamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, — deyiladi Turkiya futbol federatsiyasi bayonotida.
Fikrlar