
Turki Al ash-Shayx va Dana Uayt super yangilikni e’lon qildi!
UFC va WWE ni o‘z ichiga olgan "TKO group" Turki Al ash-Shayx tomonidan boshqariladigan yangi boks promoushenini tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt va Al ash-Shayx o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan videoda ma’lum qildi.
“Bizning rejamiz muxlislarga ular ko‘rishni istagan janglarni taqdim etishdir. Eng yaxshilar eng yaxshilar bilan kurashadi. Jangchilar reytingi tuziladi va shu tariqa jahon chempioni bo‘lishadi” — dedi Dana.
Ma’lumot uchun, Uayt va WWE prezidenti Nik Xon promoushenning kundalik ishlari bilan shug‘ullanadi. Tashkilotning birinchi turniri 2026 yilda bo‘lib o‘tadi. Liga nomi hozircha oshkor etilmagan.
Fikrlar