
Turki Al ash-Shayx Isroil Madrimovning imkoniyatiga baho berdi!
Turki Al ash-Shayx uch vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Terens Krouford va hamyurtimiz Isroil Madrimov o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Agar boks oqshomining asosiy to‘qnashuvi haqida gapiradigan bo‘lsak, Madrimov autsayder, ammo bu jang oson bo‘lmaydi. Uning g‘alabasi haqiqiy syurpriz bo‘ladi. Ammo, agar u yutqazsa ham afsonaga yutqazadi. Krouford sport tarixidagi eng buyuk bokschilardan biri, ammo u hech qachon munosib e’tirofga sazovor bo‘lmagan. Agar Terens boshqa davrda yashaganida, unga yodgorlik o‘rnatilgan va u haqida tarix kitoblarida yozilgan bo‘lar edi" – deb yozdi Turki Al ash-Shayx ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Krouford(40-0, 31 KO) va Madrimov(10-0-1 N/C, 7 KO) o‘rtasidagi jang 3 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar