
"Tottenxem"ga qarshi o‘yinda "qovun" tushirgan darvozabon ijaraga beriladimi?
Nufuzli insayder Fabritsio Romano darvozabon Jeyms Trafford "Manchester Siti"dan "Beshiktosh"ga ijara asosida o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida yozgan.
"Hech qanday muzokara, hech qanday muhokama, hech qanday imkoniyat yo‘q. "Manchester Siti" Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olgan taqdirda ham, "Manchester Siti"ning rejalariga "Trafford" to‘liq kiradi", - deb yozadi Romano.
Premer-liganing o‘tgan turida "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Jeyms Trafford qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va "Manchester Siti" gol o‘tkazib yubordi. "Shaharliklar" 0:2 hisobida yutqazdi.
Fikrlar