
"Tottenxem" va "Nyukasl" "Atletiko" futbolchisi uchun kurashmoqda
APLning ikki klubi "Tottenxem" va "Nyukasl" belgiyalik futbolchi Yannik Ferreyra Karraskoni sotib olmoqchi. Jamoalar 29 yoshli iqtidorni transfer oynasi yopilgunga qadar qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
Biroq futbolchining joriy klubi "Atletiko" uni sotishni istamayapti. "Matraschilar" hujumkor yarim himoyachini yozda transferga qo‘ymoqchi.
"Transfermarkt" portalida Karraskoning bahosi 40 million evro etib belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Yannik ushbu mavsum La Liganing 20 o‘yinida 2 gol va 5 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar