
"Tottenxem" ularni sotmaydi
"Tottenxem" qishki transfer oynasida darvozabon Ugo Loris va yarim himoyachi Dele Alli bilan xayrlashmaydi. Bu haqda "Daily Mail" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, ikki futbolchi xizmatiga ham PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Tez orada parijliklar boshqaruviga Maurisio Pochettino tayinlanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik murabbiy ikki sobiq futbolchilarini Parij klubi safida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Alli joriy mavsum 4ta o‘yinda, Loris esa 15ta bahsda maydonga tushgan.
Fikrlar