“Tottenxem” “Roma” etakchisi uchun 50 million evro sarflamoqchi

  • 28 iyul, 2022, 14:21
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik yarim himoyachi Nikolo Zanolo "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.  "Shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini Londonga olib kelish borasida jiddiy harakatlarni olib bormoqda, deya xabar berdi “Calciomercato” nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, mutaxassis "Roma" yarim himoyachisini sotib olish iltimosi bilan klub rahbariyatiga murojaat qilgan. Transfer summasi taxminan 50 million evroga baholanmoqda.

Zanoloning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq, italiyalikka “Yuventus” ham qiziqish bildirgan edi.

23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum A Seriya doirasidagi 28 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!