
"Tottenxem" Keynni sotib, mundialning bronza medali sohibini olishi mumkin
"Tottenxem" "Leyptsig" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, Yoshko Gvardiol ingliz klubining e’tiborini tortgan.
20 yoshli xorvatni qo‘lga kiritish uchun raqobatda g‘alaba qozonish uchun "shporlar" hujumchi Xarri Keynni sotishi mumkin.
"Xarri Keyn hamon "Bavariya"ning hujumchi pozitsiyasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Angliyalik futbolchini nemislar sotib olish qanchalik qiyinligini bilishadi, lekin u hali yangi shartnoma imzolagani yo‘q, demak, hali umid bor.
Keyn shartnomasini uzaytirmasa, jamoa uni sotishga majbur bo‘ladi. Agar ular "Bavariya" yoki "Real" bilan kelishib olishsa, Gvardiol uchun pul bo‘ladi va uning ingliz klubiga o‘tishi osonlashadi", - deydi Falk.
Eslatib o‘tamiz, nemis klubi futbolchisi Qatarda bo‘lib o‘tgan yorqin o‘yini bilan yodda qoldi. U Xorvatiya bilan mundialning bronza medallariga ega chiqqan.
Fikrlar