
"Tottenxem" Eriksen o‘rinbosarini PSVdan topdi
PSV hujumchisi Stiven Bergveyn Niderlandiya chempionati 20-turi doirasida "Tvente"ga qarshi o‘yini o‘tkazib yubordi. Gap shundaki, klub murabbiylar shtabi futbolchi kelajagini oydilashtirib olishi uchun uni qaydnomaga kiritishmadi.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" futbolchi bilan qishdayoq shartnoma imzolashga umid qilishmoqda.
Joriy mavsumda Bergveyn Niderlandiya chempionati doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, besh gol va o‘nta gollik uzatma muallifiga aylangan.
Ushbu vingerni "Tottenxem" Kristian Eriksenning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.
Fikrlar