Toshkentdagi "Humo arena"ga uzoq tanaffusdan so‘ng yana katta hokkey qaytmoqda

  • 21 avgust, 2022, 16:40
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" hokkey klubi yangi mavsumni Qozog‘iston chempionatida o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

Tecno

"Qanotlilar" matbuot xizmati poytaxtimizdagi muhtasham "Humo arena" muz saroyida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, vakillarimiz 11 sentyabr kuni "Nomad"ni qabul qiladi. Bu katta tanaffusdan so‘ng "Humo"ning o‘z maydonidagi ilk uchrashuvi bo‘ladi.

Ayni paytga kelib mazkur hamda 15-16-kunlari o‘tkaziladigan "Gornyak"ka qarshi bellashuvlar uchun chiptalar sotuvga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!