
Toshkentda yakshanba kuni velomarafon o‘tkazilib, ba’zi ko‘chalarda qatnov vaqtincha to‘xtatiladi
3 iyun butun dunyo bo‘ylab Xalqaro velosipedchilar kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Ushbu kunni O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi ham katta hajmda nishonlashni niyat qilgan. Shu maqsadda 2 iyun kuni poytaxtimizda velomarafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur sport tadbirida Respublikamizning barcha fuqarolari va mehmonlari ishtirok etishi mumkin.
Ta’kidlash joiz, velosiped ekologik jihatdan eng toza transport vositasi hisoblanib, sog‘liq uchun ham eng foydali sport turlaridan biri sanaladi. Velopoyga Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida bo‘lib o‘tadi. Yo‘nalish “Beshyog‘och”, “Furqat”, “Islom Karimov”, “Sharof Rashidov” va “Afrosiyob” ko‘chalari bo‘ylab belgilangan bo‘lib, poyga davomida ushbu ko‘chalarda transport qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.
Yo‘nalishning umumiy masofasi 5 kilmetrni tashkil etadi. Poyga 2 iyun kuni soat 10:00 da “Humo arena” sport kompleksi oldida boshlanadi. Barchangizni mazkur tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish va murojaat uchun telefon: (71) 231-27-06.
Manba: MOQ
Fikrlar