“Toshkent devori” va “Humo”ning yana ikki darvozaboni mavsumni qanday o‘tkazdi?

  • 30 mart, 2020, 18:40
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Muzga har doim birinchi bo‘lib darvozabon taklif etiladi va biz ham “Humo” xokkeychilariga oid statistikani aynan darvozabon ampluasidan boshlashga qaror  qildik.

Tecno

rona,dima

62 Roman Smiryagin

Muntazam chempionat. 47 o‘yin, 2591.25 daqiqa, 1144 zarba, 88 bor shayba o‘tkazib yuborgan, 24 g‘alaba, 15 mag‘lubiyat, 3 quruq o‘yin, ishonchlilik koeffitsienti 2.04, Qaytarilgan zarbalar foizi  92.3 %

Pley-off. 9 o‘yin, 537.23 daqiqa, 278 zarba, 19 bor shayba o‘tkazib  yuborgan, 5 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat, 1 quruq o‘yin, ishonchlilik koeffitsienti 2.12, qaytarilgan zarbalar foizi  93.2 %

smiryagin6

Mahalliy jurnalistlar tomonidan “Toshkent devori” deb atalgan Smiryagin mavsumni deyarli bir maromda o‘tkazdi. O‘zi o‘ynagan jamoalarning doimo asosiy posboni bo‘lgan Roman “qanotlilar” safida ham bu an’anasini davom ettirdi. Yanvar oyida uning o‘yinlarida biroz ishonchsizlik paydo bo‘ldi, ammo Dmitriy Lozebnikov jamoani qutqardi. Shu tariqa, Smiryagin “Humo”ning mavsum davomida o‘tkazgan 65 uchrashuvidan 56 tasida ishtirok etdi.

“Ryazan” bilan bahsda darvozasini quruq saqlagan Smiryagin muntazam chempionatda yana ikki bor, pley-offda esa bir bor quruq o‘yin o‘tkazdi.

Pley-offda uning darvozasiga yo‘llangan zarbalar soni oshgan bo‘lsada, “Humo”ning 62-raqamli xokkeychisi darvozabon – yarim jamoadan ham ko‘proq ekanligini namoyish etdi. Voskresenskda “Zvezda”ga qarshi kechgan so‘nggi ikki bahsda uning statistikasi biroz yomonlashgan bo‘lsada, Smiryagin toshkentliklar tarixida o‘zining o‘chmas izini qoldirishga erishdi.


72 Dmitriy Lozebnikov

Muntazam chempionat. 7 o‘yin, 288.49  daqiqa, 181 zarba, 9 bor shayba o‘tkazib yuborgan, 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, quruq o‘yinlar soni 0, ishonchlilik koeffitsienti 1.87, qaytarilgan zarbalar foizi 95.0 %

Pley-off. 2 o‘yin, 124.00 daqiqa, 64 zarba, 5 bor shayba o‘tkazib yuborgan, 0 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, quruq o‘yinlar soni 0, ishonchlilik koeffitsienti 2.42, qaytarilgan zarbalar foizi 92.2 %

lozebnikov

Yanvar oyida Moskvaning “Zvezda” klubidan kelgan Lozebnikov tez orada toshkentlik muxlislarnin suyuklisiga aylandi. Yosh bo‘lishiga qaramay, ajoyib ruhiy barqarorlik va yuksak mahorat ko‘rsatdi. Aynan uning “Humo” safiga kelib qo‘shilishi darvoza chizig‘ida ham raqobat paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 72-raqam egasi toshkentliklar safida faqatgina quruq o‘yin o‘tkaza olmadi xolos. Ammo bu unga kelgusi mavsum uchun yaxshi motivatsiya bo‘lishi aniq.


61 Roman Golovanov

Muntazam chempionat. 8 o‘yin, 188.02 daqiqa, 105 zarba, 12 bor shayba o‘tkazib yuborgan, 0 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat, quruq o‘yinlar soni 0, ishonchlilik koeffitsienti 3.83, qaytarilgan zarbalar foizi 88.6 %

Pley-off. 1 o‘yin, 24.53 daqiqa, 5 zarba, shayba o‘tkazib yubormagan, 0 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, quruq o‘yin yo‘q, ishonchlilik koeffitsienti 0.00, qaytarilgan zarbalar foizi 100.0 %

editor_golovanov-site

Golovanovning jamoaga kirishib ketishi juda ham qiyin bo‘ldi va muntazam chempionat doirasidagi 8 bahsda muzga chiqqan bo‘lsada darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi. Bunga bir qancha sabablar bor edi. 61-raqam egasi “Humo”ning uchinchi darvozaboni bo‘ldi va faqatgina jamoaning o‘yini chiqmay turgan vaqtda muzga tushgani bois Golovanovning statistikasi u qadar yaxshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!