
Torresning faoliyati davomida kiritgan eng chiroyli gollarini tomosha qiling (video)
Xabaringiz bor bugun Ispaniyalik afsonaviy hujumchi Fernando Torres butsalarini mixga ilgani haqida e’lon qildi.
Aytish kerakki, 35 yoshli Torres faoliyati davomida "Atletiko", "Liverpul", "Chelsi", "Milan" va "Sagan Tosu" kabi klublarda to‘p surgan. U klublarda jami 706ta o‘yin o‘tkazgan va 252ta gol hamda 73ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Ispaniya terma jamoasi safida esa 110 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urishga erishgan.
Quyida Torresning faoliyati davomida kiritgan eng chiroyli gollarini tomosha qilishingiz mumkin:
Ma’lumot uchun, Torresning hisobida jami 7 ta sovrin bor. Torres Ispaniya terma jamoasi bilan JCh-2010, Evro-2008 va Evro-2012 da g‘olib bo‘lgan. 2011/12 yilgi mavsumda “Chelsi” safida EChLda g‘alaba qozongan. 2012/13 va 2017/18 yillarda esa Evropa ligasida zafar quchgan. 2011/12 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar