
Toni Kroos: "Manchester Siti"ning o‘rnida bo‘lsam, Saneni hech qachon qo‘yib yubormagan bo‘lardim
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos "Manchester Siti" vingeri Leroy Sanening "Bavariya"ga o‘tishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Sanening “Bavariya”ga o‘tishiga shubham bor. Men “Manchester Siti”ning o‘rnida bo‘lganimda uni ketishiga yo‘l qo‘ymasdim yoki myunxenliklar to‘lolmaydigan narx qo‘yib qo‘ygan bo‘lardim”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, dastlab Sane “Bavariya”ga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsada, biroq keyinchalik u “Siti”da qolmoqchiligini bildirgan. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar