
Toni Kroos faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini “qirollik klubi”da yakunlamoqchi.
“Men 33 yoshga to‘lganimda butsalarimni mixga ilmoqchiman. Bu yosh pensiyaga chiqish uchun eng ma’qul yosh hisoblanadi. Mening shartnoma muddatim xuddi shuni hisobga olgandek tuzilgan.
“Real” bilan shartnoma imzolaganim – qilishim mumkin bo‘lgan eng zo‘r ish. Hech qachon AQSh, Qatar yoki Xitoyda o‘ynamayman”, - deydi germaniyalik futbol yulduzi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Kroosning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar