
Toni Kroos aslida "Real"ga emas "Manchester Yunayted"ga o‘tishi kerak edi, lekin...
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos 2014 yil nega "Manchester Yunayted"ga o‘tmagani haqida aytib o‘tdi.
“Men Moyes bilan transfer shartlarini muhokama qildim va barchasi hal bo‘ldi. Ammo, keyinroq uni ishdan bo‘shatishdi. “Manchester Yunayted” boshqaruviga Van Gal kelgach esa hammasi murakkablashdi. Uning o‘z rejasi bor edi. Shundan so‘ng Manchesterdan menga boshqa qo‘ng‘iroq qilishmadi va 2014 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Anchelotti meni “Real”ga taklif qildi”, - deydi 30 yoshli germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Kroos o‘tgan 6 yil davomida “Real” safida Ispaniya chempioni bo‘ldi va 3 karra Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. U joriy mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar