To‘lanmagan 100 ming dollar, rozi bo‘lmagan Levchenko va Enshteyning talabi! Peter Segrt Tojikiston terma jamoasidan nega ketdi?

  • 18 fevral, 2024, 08:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston terma jamoasi bilan Osiyo chempionatining chorak finaliga qadar etib borib, chinakam furor ko‘targan mutaxassis - Petr Segrt kutilmaganda o‘z postini topshirganidan xabaringiz bor.Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida, kichik jurnalistik surishtiruv o‘tkazdik.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, mutaxassisga bo‘lgan e’tiroz Toshkentda bo‘lib o‘tgan "CAFA CUP" musobaqasidan so‘ng, keskin ortib ketgan. Tojikiston futbol ishqibozlari O‘zbekiston terma jamoasidan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, xorvatiyalik murabbiyning iste’fosini talab qilgan. Bundan avval Afg‘oniston va Maldiv orollari terma jamoalarinigina boshqargani sababli hech qanday avtoritetga ega bo‘lmagan mutaxassisni iste’foga chiqarishni istashgan.

k23gok23g

Shunga qaramay, murabbiy va federatsiya o‘rtasida imzolangan kontraktda, agar bu ish sodir bo‘lsa Tojikiston federatsiyasi 100 ming dollar to‘lashi kerak edi. Qo‘shnilarimiz futbol rahbarlari 8 fevral sanasida o‘z yakuniga etadigan bitimni buzishdan ko‘ra, murabbiyga uni to‘liq ishlab berishini afzal ko‘rgan. Parallel ravishda "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan muzokaralar olib borilgan. Rejaga ko‘ra, "yo‘lbarslar" ustozi farg‘onalilkar bilan shartnomani bekor qilgan xolda, ortga qaytishi kerak edi, ammo unday bo‘lmadi. Levchenko qolishni afzal ko‘rdi. Tojikiston terma jamoasi rahbariyati esa, Osiyo kubogi oldidan boshqa munosib variant yo‘qligi uchun Segrtga ishonch bildirdi.

lщu34lp

Osiyo kubogining chinakam topilmasiga aylangan Tojikiston terma jamoasi chorak finalda ham ajoyib o‘yin namoyish etib, ortga qahramon o‘rnida qaytdi. Natijada, murabbiy va rahbariyat o‘rtasidagi muzokaraning ko‘rinishi keskin o‘zgaradi. Petr Segrt yangi taklif qilingan kontraktdagi maoshini ikki barobar ko‘tarishlarini talab etadi. Shuningdek, o‘zi bilan ishlayotgan murabbiylar shtabiga alohida maosh qilib berishini so‘raydi. Bunga qadar, "Eynshteyn" o‘z yonidan shtabiga maosh to‘lab kelgan ekan.

Kechagina jamoadan ketishi uchun 100 ming dollar badal pulini to‘lashni istamagan rahbariyat, murabbiyning yangi shartlarini keskin qabul qildi va u bilan kontrakt imzolanmasligini e’lon qildi. Petr esa, Osiyo kubogida yaxshigina piar kompaniyasini amalga oshirgani sababli, kattaroq maosh berishga qodir boshqa klubda faoliyat olib borishni afzal ko‘rdi. Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda u bilan Eronning "Fulad" jamoasi muzokaralar olib bordi, ammo klub boshqa murabbiyni tanladi.

Tojikiston terma jamoasini brshqarish uchun asosiy nomzodlar Muhsin Mo‘ydinov va Igor Chervichenko bo‘lib turibdi. Shuningdek Qurbon Berdiev varianti xam ko‘rib chiqilmoqda.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Хамид
18/02/2024 10:06
Тугри килади Кадрини биладиган инсон экан