
Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan sportchimizga uy sovg‘a qilindi
Davlatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini yanada keng targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq atletlarimiz ham xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. O‘z navbatida, sportchilarimizning qahramonligi ham munosib taqdirlanmoqda.
Tokio Olimpiadasiga velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha yo‘llanma qo‘lga kiritgan vakilimiz Murodjon Xolmurodov yana bir bor taqdirlandi. Xorazm viloyati hokimligi sportchimizga Urganch tumanidagi namunali uylardan birini sovg‘a qildi.
O‘z o‘rnida Murodjon Xolmurodov hukumatimiz tomonidan sportchilarga ko‘rsatilayotan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun ekanini ta’kidlab, kelajakda bunday ishonchni oqlashga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) o‘tgan yili Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatidagi natijasi uchun Xolmurodovga Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim qilgan.
Fikrlar