
Tokio-2020. Sportchilarimiz ishtirokidagi uchinchi kungi bahslar yakunlandi
Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining eng so‘nggi yangiliklarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugun, 26 iyul kuni 7 nafar yurtdoshimiz o‘z yurishini boshlaydi. Kun davomida ularning natijalarini onlayn yoritib boramiz! Yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!
Barchangizga bizni kuzatib borganingiz uchun rahmat! Vakillarimizga kelgusi bahslarda omad tilaymiz!
17:30. Vakilamiz 212 kg toshni ko‘targan holda 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
17:20. Muattar uchinchi urinishda 117 kg toshni bo‘yskndira olmadi. Hozircha birinchi o‘rindamiz qolgan sportchilarning natijalarini ko‘tamiz...
17:14. Nabieva ikkinchi urinishda 114 kg toshni ko‘tardi. Oxirgi urinish uchun 115 kg toshga buyurtma berdi
17:10. Muattar Nabieva silatab ko‘tarishning birinchir o‘rinishida 114 kg toshni bo‘ysundirdi, biroq ikki hakam uning urinishini inobatga olmadi
16:57. Jang yakunlandi. Afsus Nikita Rafalovich bronza medali uchun kurashda xorvatiyalik raqibiga 18:24 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
16:52. Ikkinchi raunddan so‘ng hamyurtimiz 8:15 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda
16:46. Birinchi raunddan so‘ng hisob 6:6
16:43. Nikita Rafalovich bronza medali uchun dayangi chiqmoqda.
16:41. Vakilimiz endi siltab ko‘tarish bahslarida ishtirok etadi.
16:38. Muattar uchinchi o‘rinishda 98 kg toshni ko‘tardi va Olimpiada rekordini o‘rnatdi.
16:35. Nabieva 98 kg toshni ko‘tara olmadi.
16:31. Muattar ikkinchi urinish uchun 98 kg toshga buyurtma berdi
16:28. Muattar Nabieva dast ko‘tarishning ilk urinishida 95 kgni bo‘y sundirdi.
15:51. Nikita Rafalovich uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda xorvatiyalik Toni Kanaetga qarshi bahs olib boradi. Nikita Rafalovichga bo‘lg‘usi bellashuvda omad tilab qolamiz.
15:02. Gruziyalik bokschi jarohat sabab jangni davom ettira olmadi. Bahs mudatidan avval yakunlandi. Fanat Qahramonov keyingi bosqichga yo‘l oldi.
14:59. Birinchi raundni vakilimiz to‘liq o‘z foydasiga hal etdi.
14:52. -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fanat Qahramonov ishtirokidai jang boshlanish arafasida. Vakilimiz gruziyalik Georgiy Xarabadzega qarshi ringga ko‘tariladi
13:14. Oldinda bizni boks, taekvando va og‘ir atletika bahslari kutmoqda...
12:57. Nikita Rafalovich "Golden Point"da iordaniyalik raqibigi mag‘lub bo‘ldi. Yakuniy hisob 11:13
12:54. Ikkinchi raunddan so‘ng Nikita 6:5 hisobida oldinda bormoqda. Hal qiluvchi raundda Rafalovichga omad tilaymiz.
12:50. Vakilimiz birinchi raunddan so‘ng 1:1 hisobida yakunlandi.
12:48. Rafalovich bungacha iordaniyalik raqibiga qarshi 3 marta jang olib borgan va barchasida g‘alaba qozongan.
12:46. Nikita Rafalovich ishtirokidagi yarim final boshlanish arafasida.
11:35. Ikkinchi raundda hamyurtimiz burilish yasadi. Ammo baribir yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, Zaynab Dayibekova chorak finalda vengriyalik Marton Annaga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.
11:29. Birinchi raunddan so‘ng Zaynab Dayibekova 2:8 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda!
11:26. Nikita Rafalovich ikki karra jahon chempionini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Olg‘a Rafalovich!
11:23. Ikkinchi raunddan so‘ng Nikita 4:0 hisobida oldinda bormoqda!
11:15. Nikita Rafalovich dayangi chiqib keldi. U bu safar ozarbayjonlik sportchiga qarshi bahs olib boradi.
11:09. Nigora Tursunqulova rasman Olimpiadadagi yurishini yakunladi. Uni mag‘lub etgan xitoylik Jang Mengyu ham Olimpiada bilan erta xayrlashdi.
10:16. Hikmatulloh To‘raev "Golden Score"da janubiy koreyalik An Changrimga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
10:10. Hikmatulloh To‘raev ishtirokidagi bellashuv boshlandi.
9:55. G‘ALABA! Zaynab Dayibekova raqibini 15:12 hisobida mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi!
9:50. Birinchi raunddan so‘ng vakilimiz 9:4 hisobida oldinda bormoqda
9:45. Zaynab Dayibekova ishtirokidagi bahs boshlanmoqda
9:15. Navbatdagi bosqichda Nikita Rafalovich ozarbayjonlik Beygi Xarchenagiga qarshi bahs olib boradi.
9:01. -73 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hikmatulloh To‘raev ilk davrada germaniyalik Igor Vantdekeni mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
8:58. G‘alaba! Nikita Rafalovich 17:7 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
8:54. Nikita ikkinchi raunddan so‘ng 8:5 hisobida oldinda!
8:47. Birinchi raundda Nikita dominkanlik raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.
8:43. Nikita Rafalovich chiqib kelmoqda
8:41. Nigora Tursunqulova 11:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi va o‘z yurishini to‘xtatdi.
8:40. Uchinchi raunddan so‘ng hisb tenglashdi 9:9
8:35. Ikkinchi raunddan so‘ng xitoylik sportchi 8:5 hisobida g‘alaba qozonmoqda
8:32. Tursunqulova birinchi raundni 4:3 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.
8:17. Taekvando. Birozdan so‘ng Nigora Tursunqulova o‘z ishtirokini boshlaydi.
8:09. Vakilimiz keyingi davrada Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi ringga ko‘tariladi.
8:01. G‘ALABA! Shahobidin Zoirov turkiyalik raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
7:57. Ikkinchi raund ham vakilimizning to‘liq ustunligida o‘tdi.
7:53. Dastlabki raundni Zoirov o‘z foydasiga hal qildi
7:49. Birinchi raund boshlandi!
7:38. BOKS. Birozdan so‘ng -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov ishtirokidagi jang boshlanadi. Zoirov turkiyalik Batuhanga qarshi ringga ko‘tariladi.
7:00. Navbatdagi bosqichda hamyurtimiz Janubiy Koreya vakili Kor Yun Jisuga qarshi bahs olib boradi.
6:10. G‘ALABA! Zaynab Dayibekova xitoylik raqibasi Yatsi Shaoni 15:10 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
6:00. Zaynab Dayibekova va Yatsi Shao o‘rtasidagi bahs boshlandi.
5:44. Toshkent vaqti bilan taxminan 5:55da Zaynab Dayibekova va Yatsi Shao o‘rtasidagi bahs boshlanadi.
5:20. Qilichbozlik.
O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kun bahslari boshlandi. Vakillarimiz orasida qilichbozimiz Zaynab Dayibekova birinchi bo‘lib startga chiqdi.
Sablya yo‘nalishida kechgan jangda qilichbozimiz mezbonlarning asosiy vakillaridan biri Aoki Chikaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz o‘tgan bellashuv Dayibekovaning 15:9 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi u xitoylik Yatsi Shao bilan hisob-kitob qiladi.
Bugun 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 da o‘z ishtirokini boshlaydi.
1.Zaynab Dayibekova (qilichbozlik, ayollar) – 05:00
2.Shahobiddin Zoirov (boks, erkaklar 48-52 kg) – 07:48
3.Nigora Tursunkulova (taekvondo, ayollar -67 kg) – 08:30
4.Hikmatulloh To‘raev (dzyudo, erkaklar -73 kg)
5.Nikita Rafalovich (taekvondo, erkaklar -80 kg) – 08:45
6.Fanat Qahramonov (boks, erkaklar 69-75 kg) – 14:51
7.Muattar Nabieva (og‘ir atletika, ayollar 55 kg) – 15:50
Fikrlar
Кеча Адҳам Эргашев аксинча даст кўтаришда кам кўтариб, силтабда яҳшироқ кўтарганди. Демакки рақиблар ўтиб кетиб медалларни олмоқдами, бизникиларда ҳали камчилик ва хатолар бор.
Мурабиййлар Руҳият борасида ҳам ишлашлари керак. Бу нарса никитада билиниб қолди. Муаттар ва никита, ҳамда дайебековаларга раҳмат бугунги иштирок ва бизга улашган ҳис ва ҳаяжонлари учун. Улар ҳали ўсишади, патенциял бор уларда омад киейнги мусобақаларда.3-йилдан сўнг бўладиган Париж олмпиядасига бугун ола билмаган медалларини олшсин деб қоламиз. Ҳар ҳолда улар дзудочилардан анча зўр ва мазмунли қатнашдилар. Қолганларга Омад тилаб қоламиз.