
Tokio-2020: Sherzod Namozov va Uchqun Quronboev ishtirokidagi chorak final bellashuvlari yakunlandi
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining dzyudo bellashuvlarida chorak finalidan o‘rin olgan bir qator bahslar o‘z yakuniga etdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sherzod Namozov venesuelalik Markos Dennisga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida Uchqun Quronboev bu bosqichda yaponiyalik Yujiro Setoni ippon evaziga 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Endi Sherzod Namozov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Bu yo‘lda hamyurtimizga jazoirlik Ishak Ouldkudir raqiblik qiladi.
Chorak finalda g‘alaba qozongan sportchimiz Uchqun Quronboev esa yarim finalda ukrainalik David Xorovaga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar