
Tokio-2020. O‘zbek sportchilarining 2 avgust kundagi natijalari qanday bo‘ldi?
Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining eng so‘nggi yangiliklarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugun, 2 avgust kuni 2 nafar yurtdoshimiz o‘z yurishini boshlaydi. Kun davomida ularning natijalarini onlayn yoritib boramiz! Yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!
16:00. Afsus, Karapet Chalyan o‘z yurishini to‘xtatdi. Bu degani yana bir vakilimiz uchun Olimpiada yakunlandi.
08:30. Berdimuratovning raqibi finalga chiqsa, vakilimizda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qoladi. Armaniston sharafini himoya qilayotgan sportchi chorak final bosqichida rossiyalik Aleksandr Cherixin bilan kuch sinashadi.
08:20. Yunon-rum kurashi. 77 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Jalgasbay Berdimuratov nimchorak final bosqichida Karapet Chalyanga qarshi kurash olib bordi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi yana raqib kurashchiga muxlislik qilamiz. Agar Karapet finalga yo‘l olsa, u holda Berdimuratovda bronza medali uchun kurashish imkoniyati yuzaga keladi. Armanistonlik kurashchi chorak finalda rossiyalik Aleksandr Chexirkin bilan to‘qnash keladi.
05:35. Hamyurtimiz uchinchi urinishidan keyin 71.26 metr masofani qayd etdi va bu bilan so‘nggi pog‘onada qoldi. Ma’lumot uchun, keyingi bosqichga chiqish uchun miniman 77.50 metr natija talab etilar edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yana bir sportchimiz uchun Olimpiada muddatidan avval yakunlandi.
05:20. Vakilimizning ikkinchi urinishidan keyin bosqon taxminan 70 metr masofaga borib tushdi. Ammo hakamlar bu urinishni hisobga olmadi. Bu esa uning 14-pog‘onaga tushib qolishiga sabab bo‘ldi.
05:05. Engil atletika. Suxrob Xo‘jaev birinchi urinishdan keyin 70.87 metr masofaga bosqon uloqtirdi va hozircha, onlayn jadvalda 9-o‘rinda ketmoqda.
Bugun quyidagi sportchilarimiz musobaqalarda ishtirok etadi:
1. Suxrob Xo‘jaev (engil atletika, bosqon uloqtirish, erkaklar) – 05:00
2. Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi, erkaklar -77 kg) – 07:58
Fikrlar