Tokio-2020. Futbol bo‘yicha ilk finalchi ma’lum

CHERY AUTO

Erkaklar o‘rtasida futbol bo‘yicha Olimpiadaning yarim final bosqichidan o‘rin olgan ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. Braziliya terma jamoasi Meksikaga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Dani Alves, Gabriel Martinelli, Bruno Gimarayns va Reyner 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo‘lladi. Meksikaliklar safida esa faqatgina Karlos Rodriges gol urdi. Shu tariqa, Braziliya 4:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Ikkinchi finalchi nomi Yaponiya va Ispaniya termalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!