
"Tokio-2020". Dzyudochilarimizning raqiblari ma’lum
Biroz avval "Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kutilganidek, yilning eng muhim starti oldidan tashlangan qur’a ayrim vakillarimiz uchun engil kelgan bo‘lsa, ba’zilar uchun bir muncha murakkab yo‘lni taqdim qildi. Unga ko‘ra, vakillarimiz Olimpiadani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Artyom Lesiuk (Ukraina) / Xose Ramov (Gvatemala)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Denis Vieru (Moldova)
-73 kg: Hikmatilloh To‘raev – Igor Vantdeke (Germaniya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev – Ugo Kumbo (Vanatau)
-90 kg: Davlat Bobonov – Nikolas Mungai (Italiya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Benjamin Fletcher (Irlandiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Durenbayar Ulzibayar (Mo‘g‘iliston)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘iliston)
-63 kg: Farangiz Hojieva – Sandrin Billet (Kabo-Verde)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Demos Memneloum (Chad)
Aralash jamoaviy yo‘nalish:
O‘zbekiston – Niderlandiya
Eslatib o‘tamiz, dzyudo bellashuvlari 24 iyul kuni erkaklar o‘rtasidagi -60 kg, ayollar o‘rtasidagi -48 kg vazn toifalari bilan boshlanadi.
Fikrlar