
Tokio-2020. Abdurahmonov bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi!
Tokio Olimpiadasining erkin kurash bo‘yicha bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov chorak final bosqichidan o‘rin olgan jangi rossiyalik Zaur Sidakovga imkoniyatni boy berdi.
Asosiy vaqt yakuniga ko‘ra Sidakov 13:6 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Final ostonasida Zaur qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovni 11:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va hal qiluvchi bosqichga chiqdi.
Bu bilan hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ya’ni, vakilimiz ketma-ket ikki bellashuvda g‘alaba qozongan taqdirda, O‘zbekiston hisobiga navbatdagi medalni yozdirib qo‘yishi mumkin.
Fikrlar