Tite: "Biz raqibga nisbatan hurmatsizlik qilmadik"

  • 6 dekabr, 2022, 12:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindan so‘ng (4:1) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

Mutaxassis shogirdlarining goldan keyin tushnan raqsi haqidagi tanqidlarga quyidagicha javob berdi:

"Buni hurmatsizlik deydiganlar har doim topiladi. Men yigitlarga atrofimni o‘rab olishlarini aytdim. Shunda biz bemalol raqsga tushishimiz mumkin bo‘lardi.

Men gol, qo‘lga kiritilgan natija va umuman o‘yinimiz quvonchini ko‘rsatishni istagandim, boshqa narsa emas. Biz raqib futbolchilari hamda murabbiyiga nisbatan hurmatsizlik qilmadik".

Ma’lumot uchun, "pentakampeonlar" barcha raqiblar darvozasiga kiritilgan gollarni raqsga tushib nishonlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!